Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL: haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

YChL: haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Polsha terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Robert Levandovski Yevropa chempionlar ligasining hafta o‘yinchisi deb topildi.

Levandovski kecha «Barselona» «Viktoriya-Plzen» (Chexiya)ni 5:1 hisobida yenggan o‘yinda xet-trikka erishdi.

1-turdan so‘ng haftaning yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun Levandovskining raqiblari — yana bir polshalik futbolchi Petr Zelinski («Napoli»), germaniyalik Leroy Sane («Bavariya») va fransuz Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen») edi.

«Napoli» – «Liverpul» (4:1) uchrashuvida Zelinski golli dublni qayd etgan,  «PSJ» – «Yuventus» (2:1) qarama-qarshiligida Mbappe ikkita goli bilan jamoasiga g‘alaba keltirgan, Sane esa «Bavariya» mehmonda «Inter»ni yenggan (2:0) o‘yinda bitta gol urgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring