Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun YeChL finali: Yevropa taxti kimga nasib etadi?

Bugun YeChL finali: Yevropa taxti kimga nasib etadi?

Bugun, 31-may kuni, Yevropaning eng nufuzli klub musobaqasi — UEFA Chempionlar ligasining 2024/25-yilgi mavsumi finali bo‘lib o‘tadi.

«Pari Sen-Jermen» (PSJ) o‘z tarixida ikkinchi marta YeChL finaliga chiqdi. Jamoa bugungi bahsda o‘zining ilk Chempionlar ligasi g‘alabasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. PSJ pley-off bosqichida «Liverpul», «Aston Villa» va «Arsenal» kabi kuchli raqiblarni mag‘lub etdi.

«Inter» esa YeChLda yettinchi marta finalga chiqmoqda. Jamoa so‘nggi bor 2010-yilda ushbu musobaqada g‘olib bo‘lgan. Bu mavsumda «Inter» «Bavariya» va «Barselona»ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Final tafsilotlari:

Stadion: «Allians Arena», Myunxen, Germaniya

Uchrashuv boshlanish vaqti: 23:00 (Toshkent vaqti)

Bosh hakam – Ishtvan Kovach (Ruminiya)

Tarixiy ma’lumotlar:

PSJ va Inter o‘rtasida bugungi bahs ularning YeChLdagi ilk to‘qnashuvi bo‘ladi.

PSJ bugungi g‘alaba bilan o‘zining ilk YeChL unvonini qo‘lga kiritishi mumkin.

Inter esa to‘rtinchi bor YeChL chempioni bo‘lishga harakat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring