Roys Ronaldu va Masharipov bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin

Dortmundning «Borussiya» klubi hamda Germaniya terma jamoasi a’zosi Marko Roys yozda issiq o‘lkaga ko‘chib o‘tishi mumkin. 33 yoshli nemis futbolchisiga «An-Nasr» (Saudiya Arabistoni) qiziqish bildiryapti.
Yurtdoshimiz Jaloliddin Masharipov to‘p suruvchi «An-Nasr» yaqinda Krishtianu Ronalduning «katta transferi»ni amalga oshirgandi.
Roysning dortmundliklar bilan shartnomasi muddati 2023 yil yozida tugaydi, hozircha klubi unga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q. Daily Mail yozishicha, «An-Nasr» xo‘jayinlari unga yaxshi pul to‘lab, «Borussiya»ni yetakchisiz qoldirishi ehtimoli yo‘q emas.
Eslatib o‘tamiz, Marko Roys 2012-yildan beri «Borussiya Dortmund» sharafini himoya qilib keladi. 2018-yilda sardorlik bog‘ichi unga o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter