Ronalduning kuni tug‘di

Kecha, 9-fevral kuni Krishtianu Ronaldu milliy chempionatlardagi 500-golini kiritdi: Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Vahda» darvozasiga kiritgan birinchi goli tarixiyga aylandi.
Kecha Ronalduning kuni tug‘di. «An-Nasr» «Al-Vahda»ni 4:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Qolgan gollar ham portugal yulduzi hisobiga yozildi — poker!
Ronaldu sardorligidagi «An-Nasr» 16 o‘yindan so‘ng 37 ochko to‘plab turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter