«Real» va «Barselona» qattiq jazolanishi mumkin
Ispaniyaning «Real» va «Barselona» hamda Italiyaning «Yuventus» klublari Chempionlar ligasining 2023/2024 mavsumida qatnashish huquqidan mahrum qilinishi mumkin. «La Gazzetta dello Sport» yozishicha, bir paytlar Superliga tuzmoqchi bo‘lgan ushbu jamoalar jarima to‘lamasa badarg‘a qilinadi.
Yaqinda Madrid sudi jamoalarni hamda milliy federatsiyalar va chempionatlarni 2021-yilning aprelida Superliga tashkil qilgani uchun UEFA va FIFA ta’qibidan himoyalovchi choralarni bekor qildi.
UEFA hozircha klublar bilan orani ochdi qilish niyatida emas. Sal keyinroq baribir bu yuz berishi mumkin. O‘shanda jamoalar 15 mln yevro jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Superliga qatnashchisi bo‘lishga rozilik bergan barcha jamoalarga bu jazo tatbiq etildi.
Jarimani to‘lamasa, «Yuventus», «Barselona» va «Real» UEFA tomonidan Chempionlar ligasidan chetlashtiriladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter