Nodirbek Abdusattorovga davlat mukofoti, uy va 250 mln so‘m berildi

Bugun Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Turizm va sport vazirligi rahbariyati ishtirok etdi.
Shuningdek, g‘olibning ustozlariga 100 million so‘mdan, yana JChda qatnashgan qolgan shaxmatchilarimizga ham pul mukofotlari topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov rapid dasturida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy kabi jahon shaxmat ustalarini mag‘lub etib, ushbu yo‘nalishda chempionlikni qo‘lga kiritgan dunyoning eng yosh grossmeysteriga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter