Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorovga davlat mukofoti, uy va 250 mln so‘m berildi

Nodirbek Abdusattorovga davlat mukofoti, uy va 250 mln so‘m berildi

Bugun Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovga «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, ikki xonali uy kaliti va 250 mln so‘m pul mukofoti topshirildi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Turizm va sport vazirligi rahbariyati ishtirok etdi.

Shuningdek, g‘olibning ustozlariga 100 million so‘mdan, yana JChda qatnashgan qolgan shaxmatchilarimizga ham pul mukofotlari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov rapid dasturida Magnus Karlsen, Yan Nepomnyashiy kabi jahon shaxmat ustalarini mag‘lub etib, ushbu yo‘nalishda chempionlikni qo‘lga kiritgan dunyoning eng yosh grossmeysteriga aylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring