Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov peshqadamlikni saqlab qoldi

Nodirbek Abdusattorov peshqadamlikni saqlab qoldi

Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess-2023» turnirining 11-turida musobaqadagi asosiy ta’qibchisi, ikkinchi o‘rinda borayotgan niderlandiyalik Giri Anish bilan durang o‘ynadi.

Shu tarzda Nodirbek 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, «Masters» guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi. Anish 7 ochko bilan ikkinchi, norvegiyalik Magnus Karlsen 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqdayu

Abdusattorov bugun amerikalik Uesli So bilan bahslashadi.

«Challengers» guruhida 17 yoshli Javohir Sindarov 11 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Musobaqa ertaga yakuniga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring