Nodirbek Abdusattorov Anish Girini taslim etdi va peshqadam bo‘lib oldi
Veyk-an-Zeyeda shaxmat bo‘yicha «Tata Steel Chess-2024» musobaqasining yettinchi partiyasini hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g‘alaba bilan yakunladi.
Unga musobaqa peshqadami bo‘lib turgan Anish Giri raqiblik qildi. Oq donalarda harakat qilgan Nodirbek Abdusattorov ushbu o‘yindagi muhim g‘alabasi orqali ochkolari sonini 4,5 taga yetkazdi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Bugun musobaqa doirasida sakkizinchi tur partiyalari tashkil etiladi. Nodirbek Abdusattorov FIDE bayrog‘i ostidagi rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi. Partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter