Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyida Toshkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» musobaqalari o‘tkaziladi

Mart oyida Toshkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» musobaqalari o‘tkaziladi

2023-yilning mart oyida V Toshkent xalqaro marafoni va «Yangi nafas» bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. Bugun «Bunyodkor» stadionida tashkil etilgan matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilindi.

Qachon va qayerda?

12-mart kuni, Navro‘z arafasida poytaxtda Toshkent xalqaro marafoni, O‘zbekistonning 14 ta shahrida «Yangi nafas» yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Beshinchi marta o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro marafoni (International Tashkent Marathon)ga 5 500 nafar ishtirokchini qabul qilish rejalashtirilgan. Ular to‘rtta masofadan birida kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin: 42,195 km, 21,975 km, 10 km va 3 km.

Mazkur musobaqaga ajratilgan umumiy pul mukofoti — 259 million 720 ming so‘m.

42 kilometrlik marafon g‘olibiga — 30 mln, 2-o‘ringa — 20 mln, 3-o‘ringa — 15 mln so‘m mukofot beriladi. 4-o‘ringa — 10 mln, 5-o‘ringa — 8 mln, 6-o‘ringa — 5 mln so‘m ajratilgan.

Yarim marafon ishtirokchilari uchun pul mukofotlari: 1-o‘rin — 20 mln, 2-o‘rin — 15 mln, 3-o‘rin — 12 mln so‘m.

Marafon haqida qo‘shimcha ma’lumot va ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish — iticket.uz saytida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring