Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu uchta mukofotni qo‘lga kiritdi

Krishtianu Ronaldu uchta mukofotni qo‘lga kiritdi

«Al-Nasr» futbol klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards yillik taqdirlash marosimida Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi, yilning eng yaxshi to‘purari va «muxlislar sevimlisi» sifatida taqdirlandi.

«Al Nasr» sardori ushbu sovrinlarni Globe Soccer Awards taqdimotining rasmiy marosimida oldi. Ronaldu «Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasida Karim Benzema («Al-Ittihod») va Riyod Mahrez («Al-Ahli»)ni ortda qoldirdi.

«Men bugun va shu lahza uchun yashayman, o‘zimni yaxshi his qilyapman va hali ham gol urishga, jamoaga yordam berishga qodirman. Shuning uchun men o‘ynashda davom etaman. To‘g‘risini aytsam, faoliyatimni qaysi nuqtada tugatishimni bilmayman. Albatta, bu tez orada sodir bo‘ladi. O‘n yil o‘tib... hazillashyapman», dedi Krishtianu Ronaldu.

Krishtianu 2023 yilning eng yaxshi to‘purari sifatida ham e’tirof etildi, u mashhur argentinalik Diyego Maradona nomidagi haykalcha bilan taqdirlandi. Portugaliyalik o‘tgan yili 54 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bundan tashqari, Ronaldu Globe Soccer Awards marosimida «muxlislar sevimlisi» sovrinini oldi. U 5 million ovoz to‘pladi va Messi va Neymarni ortda qoldirdi.

Boshqa toifalarda «muxlislar sevimlisi» tashkilotchilari Xosep Gvardiola (2023 yilgi murabbiy), «Man Siti» (2023 yilgi klub), «Barselona» (ayollar jamoasi) timsolida eng yaxshilarni tan oldi.

Norvegiyalik Erling Xoland 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi, «Man Siti» futbolchisi Rodri eng yaxshi yarim himoyachi sovrini, uning jamoadoshi Ederson esa eng yaxshi darvozabon unvoniga sazovor bo‘ldi.

«Porlayotgan yulduz» nominatsiyasidagi sovrin britaniyalik Jud Bellingemga nasib etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring