Gvardiola yangi rekord o‘rnatdi
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Yevropa chempionlar ligasida o‘ziga xos rekord o‘rnatgan. Ya’ni u o‘zi boshqargan jamoalar bilan 9 marta YeChL yarim finaliga chiqqan murabbiy bo‘lgan.
Ushbu ko‘rsatkich YeChL rekordi hisoblanadi, bugungacha hech bir murabbiy bu ishni 9 karra qila olmagan. Gvardiola mazkur natijaga «Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti» jamoalari bilan erishgan.
Karlo Anchelotti («Yuventus», «Milan», «Real») va Joze Mourino («Portu», «Chelsi», «Inter», «Real») esa musobaqa yarim finaliga 8 marta chiqishgan.
Eslatib o‘tamiz, chorak finalda «shaharliklar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Atletiko» Madridni ortda qoldirgan. Endi ular yarim finalda Madridning boshqa jamoasi «Real»ga qarshi o‘ynaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter