Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya kubogi. «Manchester Siti» finalda «Kristal Pelas»ga yengildi

Angliya kubogi. «Manchester Siti» finalda «Kristal Pelas»ga yengildi

Foto: Pressbol

Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas» «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Final Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazildi.

Eberechi Eze 16-daqiqada kiritgan gol o‘yin oxirigacha yagonaligicha qoldi.

«Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmush 36-daqiqada penaltidan foydalana olmadi, zarbani darvozabon Din Henderson qaytardi.

Bugungi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan Abduqodir Husanov maydonga tushirilmadi.

«Kristal Pelas» o‘z tarixida uchinchi marta Angliya kubogi uchun finalda o‘ynadi. 1990 va 2016-yillardagi hal qiluvchi o‘yinlarda jamoani «Manchester Yunayted» sovrinsiz qoldirgan.

Va nihoyat Manchesterning boshqa jamoasiga qarshi finalda «Kristal Pelas» o‘zining 119 yillik tarixidagi ilk yirik sovrin egasi bo‘ldi.

«Manchester Siti» esa kubok finaliga qatorasiga uchinchi marta chiqdi, jami finallari 14 ta va shulardan yettitasida g‘alaba qozongan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring