Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyalik yana bir mashhur futbolchi uzoq muddatga qamaladi

Braziliyalik yana bir mashhur futbolchi uzoq muddatga qamaladi

Robino 2013 yilda Italiyada bir qizni zo‘rlaganlikda ayblangan, biroq Braziliya futbolchini ekstraditsiya qilmagan. Endi Braziliya sudi uning jazoni o‘z vatanida o‘tashiga qaror qildi.

Braziliya terma jamoasi, «Real» va «Manchester Siti» klublarining sobiq hujumchisi, Robino nomi bilan tanilgan Robson de Sousa Italiyada zo‘rlashda ayblanib, to‘qqiz yillik qamoq jazosini o‘z vatanida o‘tashi kerak. Bunday qaror Braziliya sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi AFP.

2017 yilda Robino 2013 yilda Milandagi tungi klubda o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan 23 yoshli albaniyalik ayolni zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi.

2020 yilda futbolchi Milan apellyasiya sudida yutqazdi, 2022 yilda esa Italiya Oliy sudi hukmni o‘z kuchida qoldirdi, shundan so‘ng braziliyalikni hibsga olishga xalqaro order berildi. Biroq Braziliya o‘z fuqarolarini ekstraditsiya qilmagani uchun Italiya futbolchini o‘z vatanida qamoqqa olishni so‘radi.

Robinoning advokati sud qarori ustidan shikoyat qilishini aytdi, futbolchining o‘zi esa sudni o‘tkazib yubordi.

Hukm chiqarilishidan bir necha kun oldin Robino mahalliy telekanalga ayol bilan kelishuv asosida birga bo‘lganini aytdi va Italiya asudini irqchilikda aybladi.

Robino 40 yoshda. 2003 yildan 2017 yilgacha u Braziliya terma jamoasi safida 100ta o‘yin o‘tkazgan va ikki marta Konfederatsiyalar kubogi hamda Amerika kubogini yutgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Barselonada Braziliya terma jamoasining yana bir sobiq futbolchisi Dani Alves tungi klubda qizni zo‘rlagani uchun to‘rt yarim yilga qamalgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring