Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik sportchilar jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdilar

Andijonlik sportchilar jahon va Osiyo rekordini o‘rnatdilar

Foto: «Auz.uz»

Germaniyaning Berlin shahrida jahonning eng kuchli paralimpiyachilari suzish bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Ularning orasida andijonlik sportchilar — «Rio-de-Janeyro-2016» paralimpiya o‘yinlari chempioni va bronza medallar sohibi Firdavs Musabekov hamda Muzaffar Tursunxo‘jayev munosib ishtirok etishdi.

Firdavs 50 va 200 metrlarga brass usulida suzishda jahon va Osiyo rekordlarini yangiladi. Shunga qaramay, u kumush va bronza medallar sohibi bo‘ldi. Muzaffar esa Rio-2016 dagi kabi 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi va 200 metrga batterflyay usulida suzishda Osiyo rekordini o‘rnatdi.

— Har ikki sportchimiz Berlindagi natijalari bilan Jakartada o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyalarga ega bo‘ldilar, — deydi suzish turlari bo‘yicha viloyat ixtisoslashtirilgan BO‘SM direktori Ilhomjon Ergashboyev. — Ularni musobaqalarda yuksak natijalar ko‘rsatishib, O‘zbekiston terma jamoasi jamg‘armasiga salmoqli ulush keltirishlariga ishonchimiz komil.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring