Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Norov Qozog‘istonga boradi

Vladimir Norov Qozog‘istonga boradi

Ertaga, 8 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Xitoy» shaklidagi uchinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Tadbir davomida tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan 2022 yil 25 yanvarda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” onlayn sammitida davlatlar rahbarlari tomonidan e’lon qilingan tashabbuslarni amalga oshirish yo‘llarini, shuningdek siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishlari aytilgan.

Tashrif doirasida ushbu turli davlatlar delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring