Shavkat Mirziyoyev yangi agentlikka direktor tayinladi
Sarvar Boboxo‘jayev Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlangan. Shu munosabat bilan, Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Yangi agentlik prezident farmoni va qarori bilan tashkil etilgan edi. Farmonga ko‘ra, quyidagilar agentlik bo‘ysunuviga o‘tkazilgan:
- Prezident maktablari;
- ijod maktablari;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab;
- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati;
- Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter