Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi

Foto: TIV

2021-yil 3-fevral kuni San-Marinoning Rim shahridagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi va San-Marino Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchisi Otabek Akbarov va San-Marino Respublikasining Italiya Respublikasidagi elchisi Daniyela Rotondaro imzoladilar.

Protokol shartlariga ko‘ra mazkur hujjat San-Marino tomonidan tegishli ichki jarayonlar yakunlanganidan keyin kuchga kiradi.

Hujjatda O‘zbekiston va San-Marino BMT Ustavi va xalqaro huquq tamoyillariga amal qilgan holda, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash istagida diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga qaror qilgani qayd etilgan.

Marosim yakunida O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi, jumladan, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring