O‘zbekiston Botsvana bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi
Nyu-York shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Botsvana (Janubiy Afrika) TIV rahbari Lemogang Kvape ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunikeni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.
Bu orqali Botsvana O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 153-davlat bo‘ldi.
«Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy o‘sishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik», – deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Baxtiyor Saidov, shuningdek, Kabo-Verde va Seyshel orollari TIV rahbarlari bilan ham diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunikeni imzolagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter