Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Karib havzasidagi davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

O‘zbekiston Karib havzasidagi davlat bilan diplomatik munosabat o‘rnatdi

Foto: «Dunyo» AA.

AQShning Nyu-York shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi. 

Hujjat mamlakatlar hukumatlari nomidan ularning BMTdagi doimiy vakillari, Baxtiyor Ibragimov hamda Inga Ronga King tomonidan imzolandi.

Ma’lumot uchun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021- yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018-2019-yillarda esa tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring