Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nadejda Savchenko Oliy rada binosini portlatmoqchimidi? (video)

Nadejda Savchenko Oliy rada binosini portlatmoqchimidi? (video)

Nadejda Savchenko.

Foto: «lb.ua»

Ukraina parlamenti deputati Nadejda Savchenko Oliy rada binosida qo‘lga olindi va so‘roq qilish uchun Ukraina xavfsizlik xizmatiga olib ketildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Tergovchining so‘zlariga ko‘ra unga nisbatan bir nechta moddalar bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bungacha Oliy rada bosh prokuror Yuriy Lutsenkoning talabi bilan uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilgan edi.

Davlat tuzumini o‘zgartirishga urinish maqsadida Oliy rada binosida terakt yushtirishga va bir qancha davlat arboblarini o‘ldirishga urinishda ayblanayotgan Savchenko o‘zining aybsizligini ta’kidlayapti. Shu bilan birga mamlakat siyosiy tizimida «total o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim»ligini talab qilmoqda. Uning aytishicha, «Ukrainada ko‘pchilik davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi».

Nadejda Savchenkoning opasi Vera Savchenko uning qo‘lga olinishi kutilmagan holat bo‘lmaganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga qaraganda, Nadejda uyidan ehtimoliy hibsga tayyor holda chiqib ketgan.

«Xabar.uz» ma’lumoti:

Nadejda Savchenko — sobiq harbiy. Rossiyada jurnalistlar o‘limiga aloqadorlikda ayblanib qamalgan edi. Putin va Poroshenko o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra ozod etilgach, Oliy Rada deputati etib saylangan. Hozir Kiyev rasmiylari bilan munosabatlari yomonlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring