Isroil Yevropaga yirik teraktlar oldini olishda yordam beradi
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu seshanba kuni Quddus shahrining yahudiylar yashaydigan qismida Yevropaning NATOga a’zo davlatlari vakillari bilan bo‘lgan uchrashuv davomida Isroilning Yevropaga o‘nlab yirik terrorchilik harakatlarini, shu jumladan, havodan amalga oshiriladigan hujumlarining oldini olishda yordam berishini aytdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.
— Biz razvedka xizmatlarimiz yordamida Yevropaning ko‘plab davlatlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘nlab terrorchilik harakatlarining oldini olishga ko‘maklashadigan ma’lumotlarni qo‘lga kiritdik, — dedi Isroil bosh vaziri. — Ularning ba’zilari Yevropada yuz bergan hodisalardan bir necha marta yomonroq bo‘lishi ham mumkin. Ayrimlari fuqaro aviatsiyasi bilan bog‘liq teraktlar bo‘lishi mumkin.
Netanyahu bu bilan Isroil ko‘plab yevropaliklarning hayotini saqlab qolganini aytib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter