AQSh Meksika bilan chegarada devor qurish uchun 1,6 milliard dollar ajratadi
AQSh Kongressi Meksika chegarasi bo‘ylab devor qurilishi uchun 1,6 milliard dollar mablag‘ ajratadi. Ilgariroq kongressdagi har ikkala partiya tomonidan ma’qullangan budjet loyihasida shunday deyiladi. Bu haqida «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Bu summa Tramp ma’muriyati so‘ragan 25 milliard dollardan ancha kam. Ammo bu mazkur loyiha uchun bir dollar ham pul ajratilmasligi uchun kurashgan demokratlarning mag‘lubiyati sanaladi.
Respublikachilarning ma’lum qilishicha, bu pulga hozirgi pastak to‘siqlar o‘rniga 90 mil(144 km)gacha devor qurish mumkin. Demokratlar esa mablag‘ Tramp va’da bergan beton devorlar qurilishiga borib yetmaydi deb hisoblamoqda.
Kontrabanda va noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun Meksika bilan chegarada devor qurish prezident Trampning saylov oldidan bergan asosiy va’dalaridan biridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter