«Zomin-Toshkent» yo‘lidagi YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi. Yana ikki nafar yo‘lovchi shifoxonada

18-iyul kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumanida joriy yilning Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasini «Zomin-Toshkent» yo‘lining 122-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Hodisa oqibatida haydovchi D.R. jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 57 yoshli T.V. kasalxonada vafot etgan.
Shuningdek, ikki nafar yo‘lovchi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter