Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ziyouz» portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar ma’lum bo‘ldi

«Ziyouz» portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar ma’lum bo‘ldi

Foto: «Ziyouz.uz»

Bu haqda sayt asoschisi Davronbek Tojialiyev tadqiqot olib bordi va portalda e’lon qildi. «Google Analytics» ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yili «Ziyouz» portaliga tashrif buyurganlar soni 4 001 426 nafarni tashkil etdi. O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona — «Ziyouz.com» kutubxonasida hozirda 10185 ta kitob mavjud.

Saytimiz maqola asosida to‘rt yo‘nalish bo‘yicha eng ko‘p o‘qilgan kitob va mualliflar o‘ntaligi bilan tanishtirib o‘tadi.

Eng ko‘p o‘qilgan o‘zbek kitoblari:

1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.
2. Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»
3. Imom al-Buxoriy. «Al-jome’ as-sahih»
4. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi
5. Tohir Malik. «Shaytanat»
6. Abu Ali ibn Sino. «Tib qonunlari»
7. Pirimqul Qodirov. «Yulduzli tunlar»
8. Ahmad Lutfiy Qozonchi. «Saodat asri qissalari»
9. Said Ahmad. «Ufq»
10. G‘afur G‘ulom. «Shum bola».

Eng ko‘p o‘qilgan o‘zbek hikoyalari:

1. Abdulla Qahhor. «Anor», «Bemor», «Dahshat», «O‘g‘ri», «Mayiz yemagan xotin»
2. Said Ahmad. «Qorako‘z Majnun»
3. O‘tkir Hoshimov. «Urushning so‘nggi qurboni», «Dehqonning bir kuni», «Oq bulut, oppoq bulut», «Muhabbat», «O‘zbek ishi», «Nega? Nega-a-a?!», «Yanga»
4. Xurshid Davron. «Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat»
5. G‘afur G‘ulom. «Mening o‘g‘rigina bolam»
6. Abdulla Qodiriy. «Jinlar bazmi», «Uloqda»
7. Mirkarim Osim. «Shiroq»
8. O‘lmas Umarbekov. «Qiyomat qarz»
9. Salomat Vafo. «Ustyurt»
10. Tohir Malik. «Qarg‘ish».

Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Jek London. «Hayotga muhabbat»
2. Fyodor Dostoyevskiy. «Kulgili odamning tushi»
3. Frans Kafka. «Evrilish»
4. O‘Genri. «So‘nggi yaproq»
5. Agata Kristi. «Ustasi farang o‘g‘rilar», «Tikuvchining xatosi», «Bulbul oshyoni»
6. Gabriel Garsia Markes. «Bizning shaharda o‘g‘ri yo‘q»
7. Nodar Dumbadze. «Hellados»
8. Stiven King. «Bo‘ri-odam yili», «Go‘shtqiymalagich», «Yo‘loyoq»
9. Akutagava Ryunoske. «Afsungarlik mo‘’jizalari»
10. Onore de Balzak. «Dahriyning ibodati»

Eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:

1. Alisher Navoiy
2. Abdulla Oripov
3. G‘afur G‘ulom
4. Erkin Vohidov
5. Muhammad Yusuf
6. Humoyun Mirzo
7. Dushan Fayziy
8. Abdulla Avloniy
9. Zahiriddin Muhammad Bobur
10. Iqbol Mirzo

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring