Zelenskiy Prigojinning o‘limiga munosabat bildirdi
Zelenskiy Tver viloyatidagi aviahalokatga Ukrainaning aloqasi yo‘qligini aytdi. Ushbu halokatda 24-iyunda Rossiyada qo‘zg‘olon ko‘targan Yevgeniy Prigojin o‘lgani ma’lum qilingan.
Zelenskiy Portugaliya rahbari bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida voqea haqida gapirdi.
«Ukraina havo kemalari borasida dunyo davlatlariga murojaat qilganda, biz buni nazarda tutmagandik.
Birinchidan, bu holatga bizning hech qanday aloqamiz yo‘q, bu aniq. O‘ylaymanki, voqeaga kim aloqadorligidan hamma xabardor», — dedi Ukraina prezidenti.
Katta ehtimol bilan Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning ushbu halokatga aloqasi borligiga sha’ma qilgan.
Ta’kidlanishicha, g‘alayon ko‘tarishga jur’at qilgan Prigojin Putinning marhamati bilangina tirik ekaniga Rossiya elitasining ishonchi komil bo‘lgan.
Prigojin parvoz qilayotgan samolyot qay sababga ko‘ra halokatga uchragani borasida Rossiya rasmiy idoralari yakuniy xulosa e’lon qilganicha yo‘q. Holatni maxsus komissiya o‘rganadi.
Harbiy isyon ortidan «Vagner» xo‘jayiniga o‘lim hukmi o‘qilgani haqidagi faraz avvalroq o‘rtaga chiqqan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter