«Zaxarova italiyaliklarni haqorat qildi» — Meloni

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga keskin javob qaytardi. Zaxarova juma kuni Italiya prezidentini tanqid qilgan edi.
Italiya prezidenti Serjio Mattarella o‘tgan haftadagi chiqishida Ikkinchi jahon urushiga olib kelgan tajovuzkorliklar haqida gapirib: «Bu Yevropadagi uchinchi reyx loyihasi edi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi hozirgi tajovuzi ham xuddi shunday tabiatga ega», degandi.
Juma kuni Zaxarova Italiya prezidentining bu so‘zlarga javoban keskin munosabat bildirdi.
«Bu kabi to‘qimalarni aynan Italiya prezidentidan eshitish g‘alati va yoqimsiz. Italiya fashizm nima ekanligini o‘z tajribasidan yaxshi biladi», — dedi Zaxarova.
«Matbuot kotibi butun italyan xalqini haqorat qildi», — deyiladi Melonining bayonotida. — «Prezident Mattarella bilan to‘liq hamfikrman – nafaqat shaxsan, balki butun hukumat nomidan. U doimo Ukrainaga qarshi tajovuzni keskin qoralagan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter