Italiyada bir yo‘la 150 ga yaqin mafiya a’zosi hibsga olindi

Italiyaning Sitsiliya orolida «Koza Nostra» mafiyasining 150 ga yaqin a’zosi bir yo‘la qo‘lga olindi, deb xabar berdi The Guardian.
«Koza Nostra»ga qarshi 1984-yildan keyin o‘tkazilgan eng katta ushbu amaliyotda 1 200 nafardan ziyod politsiya xodimi qatnashdi. Qo‘lga olish amaliyoti erta tongda Palermo va uning atroflari o‘tkazildi.
Jami 183 kishini hibsga olishga order berilgandi, ulardan 36 nafari avvalroq qo‘lga olingandi.
Asosan giyohvandlik moddalari savdosidan pul topuvchi «Koza Nostra» Sitsiliyadagi guruhlar va Italiyaning qit’a qismidagi «Ndrangeta» mafiyasi bilan hamkorlikda qora ishlarini bajarib keladi.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni mafiya a’zolarini tutish amaliyotiga munosabat bildirarkan, «davlat uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish ahdiga doim sodiqligi»ni ta’kidladi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter