Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangiotadagi kovid-markaz o‘rnida Toshkent shahar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi tashkil etiladi

Zangiotadagi kovid-markaz o‘rnida Toshkent shahar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi tashkil etiladi

Zangiota 2-son shifoxonasi o‘rniga Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining bo‘sh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining «Toshkent» MFY Yangi aylanma yo‘li manzilida joylashgan «Zangiota-2» shifoxonasi o‘rnida Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi 500 o‘rniga mo‘ljallangan Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi.

«Zangiota-2» shifoxonasining bino va inshootlari tegishli hududi bilan Bolalar shifoxonasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Shifoxonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda zarur tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish, ularga yuqori malakali tibbiy-konsultativ hamda ixtisoslashtirilgan statsionar yordamini ko‘rsatish;
  • tuman tibbiyot birlashmalariga amaliy-metodik yordam berish;
  • Toshkent shahar tibbiyot muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va boshqaruv usullarini joriy etishda ko‘maklashish;
  • tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etish.

2024 yil 1 sentyabrga qadar Bolalar shifoxonasining bino va inshootlarida zarur qurilish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirilib, bolalarga tibbiy yordam ko‘rsatishga moslashtiriladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring