Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Zakovat»da prezident va direktor tayinlandi

«Zakovat»da prezident va direktor tayinlandi

Abdurasul Abdullayev va Umid Narimov.

Foto: «Zakovat intellektual klubi»

«Zakovat intellektual klubi» telegram-kanali xabar berishicha, «Zakovat» klubi prezidenti» lavozimi joriy etilib, «Zakovat» harakatining asoschisi Abdurasul Abdullayev klub prezidenti etib tayinlandi.

«Zakovat» NNT direktori lavozimiga esa klubda 15 yildan ortiq vaqt mobaynida faol ishtirok etib kelayotgan bilimdon — Umid Narimov tayinlangan.

Shu kunlarda intellektual o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida bir qancha yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Barcha mahalla va maktablarda har haftalik intellektual o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha ilk qadam tashlandi. Endi navbat OTMlar, akademik litsey, kollej, texnikum hamda tashkilotlarga, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring