Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yozuvchi Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Yozuvchi Isajon Sulton vazir maslahatchisi etib tayinlandi

Isajon Sultonov Innovatsion rivojlanish vazirining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Isajon Sulton 1967-yili Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan.

«Boqiy darbadar»,  «Ozod»,  «Genetik»,  «Bilga Xoqon» romanlari,  «Munojot»,  «Onaizorim», «Robiya Balxiy» kabi qissalar va turli mavzudagi hikoyalar muallifi. Asarlari ingliz, turk, nemis, rus tillariga tarjima qilingan.  «Boqiy darbadar» romani  «The Eternal Wanderer» nomi bilan AQShda, «Bog‘i Eram» hikoyalar to‘plami Turkiyada nashr qilingan. Asarlari  «Vatan uchun yashaylik» (O‘zbekiston),  «Lexicon» (AQSh),  «Guncel Sanat» (Turkiya) va  «Open Eurasia» (Angliya) xalqaro tanlovlari g‘olibi deb topilgan.

Isajon Sultonov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi a’zosi hamdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring