Vazirlik ota-onalarni ogohlantirdi
Yangi o‘quv yili boshida ayrim o‘quvchilarning maktabdan-maktabga o‘tishi, jumladan ta’lim tilini o‘zgartirishi natijasida ba’zi maktablarda darsliklarning yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ota-onalarni ogohlantirdi.
«Joylardagi bunday muammolarni o‘sha maktab rahbariyati hamda hududiy xalq ta’limi bo‘limi va boshqarmalari hududdagi kitob ortiqcha bo‘lgan boshqa maktablardan kitob yetishmayotgan maktablarga o‘tkazish orqali zudlik bilan hal etish choralarini ko‘rishi belgilangan.
Agar murojaatingiz ijobiy hal etilmasa va darslik yetib bormasa Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishga tushirilgan maxsus telegramm-bot (@uzedudarslik_bot) orqali siz darslik bilan yuzaga kelgan muammo bo‘yicha aniq ma’lumotni yuborishingiz mumkin bo‘ladi.
Vazirlik har bir murojaatni nazoratga oladi va zarur kitobni qo‘shni maktab, tuman va kerak bo‘lsa viloyatdan yetkazilishini nazoratga oladi.
Shu bilan birgalikda, barcha darsliklarning elektron versiyalarini ushbu havola orqali yuklab olish mumkinligini ham ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter