Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir guruh mansabdorlar javobgarlikka tortildi

Bir guruh mansabdorlar javobgarlikka tortildi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 23 martdagi «Aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi 29 ta vazirlik va idoralarda o‘rganilgan.

Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganish jarayonida Prezident farmoni bilan aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilinishi bekor qilingan hujjatlarni davlat xizmati ko‘rsatishda aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so‘rab olingani (ortiqcha hujjatlar olingani) uchun vazirlik va idoralarning 9 nafar xodimi ma’muriy javobgarlikka, 32 nafari intizomiy javobgarlikka tortildi.

Adliya vazirligi barcha davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari rahbarlarini aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini ovora qilmaslikka, ulardan qonun hujjatlarida belgilanmagan hujjatlarni talab qilib olmaslikka chaqiradi, – deyiladi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring