Yotoqxonadan er-xotinning jasadi topildi
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi xonadonda er-xotinning jasadi topildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tumanning «Chorbog‘» MFY Yuksalish ko‘chasidagi uyda yashagan 1977 yilda tug‘ilgan Sh.E. va 1995 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i K.E. yashash xonadonida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Uchko‘prik tumani IIB navbatchilik qismiga 21 dekabr kuni soat 08:30 larda xabar kelib tushgan.
Ko‘zdan kechirish davomida yashash xonadonining yonma-yon joylashgan yotoqxonasi va yuvinish xonasiga qo‘lbola usulda yasalgan, temirdan ishlangan pechka o‘rnatilgani, pechka shlang orqali propan gaz baloniga ulanib, isitish uchun moslangani, hodisa sodir bo‘lgan kuni xonadonda gaz to‘liq yonmasdan, is gazi ajralib chiqqani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter