Yirik shamol elektr stansiyasi uchun Xitoydan uskunalar keltirilmoqda (foto)
Navoiy viloyatida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoydan turbina va generatorlar olib kelinmoqda.
Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
«Masdar» va Xitoyning «Goldwind» kompaniyalari o‘rtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Shunga ko‘ra, Xitoyning Lanjou shahridan O‘zbekistonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.
Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi bo‘ladi.
Stansiya to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentimizning 2020 yil 22 dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter