Kuchli shamol sabab 50 kilodan yengil bo‘lgan xitoyliklarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda

Xitoy OAVsi vazni 110 funt (49,89 kilo)dan kam bo‘lgan odamlarni uyda qolishga chaqirmoqda.
Bunga Xitoy shimolida jumadan yakshanbaga qadar to‘fonga o‘xshash kuchli shamollar qamrab olishi ehtimoli sabab qilib ko‘rsatilgan. Jumladan, Pekin ham yirik sport tadbirlarini keyinga qoldiradi, parklarni yopadi va o‘nlab poyezdlar qatnovini to‘xtatadi.
Mintaqaning 22 million aholisi muhim bo‘lmagan sayohatlardan ogohlantirilgan. Vazni yengil bo‘lgan xitoyliklarni kuchli shamoldan ogohlantirayotgan postlar mahalliy tarmoqlarda keng tarqatilmoqda.
Shuningdek, Mo‘g‘ulistonning shimoliy provinsiyalarini soatiga 93 milya (150 km/soat)gacha kuchayishi sababli o‘nlab reyslar bekor qilindi.
Mo‘g‘ulistondan qum va chang olib keladigan kuchli shamollar yilning shu davrida odatiy hol hisoblanadi, ammo iqlim o‘zgarishi ob-havo hodisalarini yanada keskinlashtirishi mumkin.
Pekin oxirgi 10 yil ichida birinchi marta to‘q sariq shamol haqida ogohlantirishni e’lon qildi, bu to‘rt darajadagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Shanba kuni poytaxtda havo harorati 12 darajaga tushishi kerak edi va meteorologlar shamol tezligi 1951-yildagi aprel oyi rekordlariga mos kelishi yoki undan oshib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter