Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda kuchli shamol tufayli mingga yaqin aviareyslar bekor qilindi

Xitoyda kuchli shamol tufayli mingga yaqin aviareyslar bekor qilindi

Xitoy shimoli va Pekinga yopirilgan kuchli shamol transport qatnoviga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Reuters xabariga ko‘ra, bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Pekindagi ikki yirik aeroportda 838 ta reys bekor qilingan.

Shuningdek, aeroport metrosi va yuqori tezlikdagi temir yo‘lning ayrim yo‘nalishlari to‘xtatilgan.

Bo‘ron tufayli Pekindagi aksariyat diqqatga sazovor joylar — bog‘lar, madaniy va tarixiy maskanlar yopilgan.

Shamolning tezligi 150 km/soatgacha yetgan — Xitoy poytaxtida yarim asrdan ko‘proq davrda bunday hodisa birinchi marta kuzatilmoqda.

Noqulay ob-havo dam olish kunlari davomida kuzatilishi prognoz qilinmoqda.

Avvalroq Xitoy hukumati kuchli shamol sabab 50 kilodan yengil bo‘lgan xitoyliklarga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring