Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yashnobodlik tovlamachi aka-ukalar qo‘lga tushdi

Yashnobodlik tovlamachi aka-ukalar qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyati Qibray tumani IIBga fuqaro M.N. ariza bilan murojaat qilib, unga nisbatan tovlamachilik qilayotganlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Telegram messenjeridagi «tanishi» uning boshqalarga ko‘rsatib bo‘lmaydigan foto va videotasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishini aytib, evaziga 4 000 000 so‘m talab qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik qilib pullarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan ikki shaxs — Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 1998-y.t. T.J. va uning ukasi 1999-y.t. T.J. aniqlandi.

Tovlamachilar pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ularga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring