Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yashil» yo‘lak orqali o‘tgan talaba qonunni buzishga urindi

«Yashil» yo‘lak orqali o‘tgan talaba qonunni buzishga urindi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

Amaldagi tartiblarga muvofiq xorijdan havo transporti orqali yurtimizga kelayotgan fuqarolar qiymati 2000 AQSh dollariga teng bo‘lgan tovarlarni xalqaro aeroportlarimizda tashkil etilgan «yashil» yo‘lak orqali yurtimizga bojsiz olib kirishlari mumkin.

Agarda olib kirilayotgan mahsulotlar qiymati ushbu me’yordan oshsa  fuqarolar «qizil» yo‘lakni tanlashi hamda me’yordan ortiqcha tovarlar uchun boj to‘lashi zarur. Ammo, ayrim shaxslar yurtimizda yaratilayotgan ushbu qulayliklarni suiste’mol qilishga urinishmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati.

«Toshkent» xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi qonunbuzarlik holatlari fosh etildi.

«Pekin-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan respublikamiz fuqarosi, Xitoydagi «Chan shu» instituti talabasi A.G‘. «yashil» yo‘lak orqali bemalol harakatlanib kelar ekan  bojxona xodimining og‘zaki so‘rovi paytida hech qanday ortiqcha tovarlari yo‘qligini ma’lum qildi.

Ammo uning bagaji bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, uning ichida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me’yoridan ortiq bo‘lgan, umumiy narxi 23 946 750 so‘mga teng 100 quti tibbiyot ignalari va 1208 dona turli USB fleshkalar borligi aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring