Pokiston va Hindiston o‘rtasida janglar boshlandi

Bugun, 25-aprel kuni Kashmir vodiysida Hindiston va Pokiston o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlandi. Press Trust of India xabariga ko‘ra, har ikki tomon yengil va og‘ir qurollardan faol foydalanmoqda.
Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot olinmagan.
Pokiston mudofaa vaziri Havaj Asif Sky News orqali bergan bayonotida yadroviy qurolga ega ikki mamlakat o‘rtasida ziddiyat kuchaygani jahon hamjamiyatini tashvishga solishi zarurligini ta’kidladi.
Hindistonning qiruvchi va radiolokatsiya razvedka samolyotlari havoga ko‘tarilishi nizoning yanada keskinlashayotgani va jang maydonlari kengayayotganidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter