Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etiladi

Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etiladi

Joriy yil 25-mart kuni Prezidenti «Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagilar etib belgilandi:

  • 2030-yilga qadar Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) bojxona rasmiylashtiruvi samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajaga ko‘tarish;
  • 2026-yilga qadar bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtiruv ulushini 2 barobarga oshirish;
  • 2028-yilga qadar bojxona ko‘rigini 21 foizdan 15 foizga tushirish;

2030-yilga qadar sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda xavfni boshqarish tizimi samaradorligini 2 barobarga oshirish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda quyidagi qulayliklar yaratiladi:

  • 2025-yil 1-iyuldan veterinariya va fitosanitariya sohasida tashqi savdo yuklariga tegishli har qanday hujjatlarga muhr va shtamp bosish hamda ularni yozma tarzda ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi, barcha tartibotlar ushbu hujjatlarni elektron shaklda tasdiqlash orqali amalga oshiriladi (tovarlar eksportida xalqaro shartnomalarda qat’iy belgilangan holatlar bundan mustasno).
  • 2025-yil 1-sentyabrdan tadbirkorlik sub’yektlariga bojxona to‘lovlari va bojxona rasmiylashtiruvi uchun boshqa turdagi to‘lovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyati yaratiladi, buning uchun yagona g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.
  • 2025-yil 1-dekabrdan bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyalarini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi “Tolling operatsiyalari” moduli amaliyotga joriy etiladi.
  • 2025-yil 1-noyabrdan o‘tkazish punktlari orqali harakatlanayotgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining mobil ilovasi amaliyotga joriy etiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring