Yaqin kunlarda Prezident Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilyapti – OAV
Yaqin kunlarda Prezident Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilyapti. Bu haqda Ozarbayjon OAV joriy yil 5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev hamda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov uchrashuvidagi suhbatga tayanib xabar tarqatmoqda.
Qabul vaqtida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi va Ilhom Aliyevning minnatdorchiligi va salomini ham qabul qilib oldi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Ozarbayjonning Qo‘shilmaslik Harakatiga muvaffaqiyatli raisligi va vazirlar uchrashuvining muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi. Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq faoliyat davom ettirilayotgani va belgilangan barcha maqsadlar inobatga olinayotganini alohida ta’kidladi.
Prezident Ilhom Aliyev, o‘z navbatida, O‘zbekistonga davlat tashrifini mamnuniyat bilan esladi. Davlat rahbari O‘zbekiston tomonidan ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda maktab qurilishi loyihasi alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, yaqin kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilayotganini ta’kidladi.
Suhbat chog‘ida Ozarbayjon va O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakati, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilayotgani ta’kidlanib, ikki tomonlama kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter