Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada ko‘chki oqibatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi

Yaponiyada ko‘chki oqibatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi

Foto:«EAdaily»

Yaponiya Atami shahrida yuz bergan ko‘chki oqibatida yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda NHK telekanali orqali ma’lum qilingan.

Aniqlanishicha, qutqaruvchilar vayronalar ostidan 23 kishini olib chiqishgan. Qutqarilgan ayollardan biri kasalxonada olgan jarohati tufayli vafot etgan. Hodisa natijasida yana ikki kishining olamdan o‘tgani haqida xabar qilingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bedarak yo‘qolganlar soni 20 kishiga yaqin deya taxmin qilingan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ko‘chkidan zarar ko‘rgan hududda 215 kishi yashagan, ulardan 102 kishi qayerda va qanday ahvolda ekanligi aniqlangan, qolgan 113 kishi hech qayerdan topilmagan.

Hozirda qidiruv ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring