Yangi Zelandiyada 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Bugun Yangi Zelandiya tarkibidagi Kermadek arxipelagida 6,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri 8 ming kishi istiqomat qiluvchi Kerakri shahridan 928 km shimoli-sharqda joylashgan. Aniqlanishicha, zilzila markazi 150 km chuqurlikda.
Hozircha, qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q. Sunami xavfi ham qayd etilmagan.
Avvalroq Turkiyada zilzila bo‘lishini oldindan bashorat qilgan niderlandiyalik seysmolog Frank Xugerbits 2023 yilning mart oyida bir qator kuchli yer silkinishlari kuzatilishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter