Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi mojaro sharpasi: Filippin Xitoyni «haddan oshish»da ayblamoqda

Yangi mojaro sharpasi: Filippin Xitoyni «haddan oshish»da ayblamoqda

Filippin hukumatining ma’lum qilishicha, Xitoyning uchta qirg‘oq qo‘riqlash kemasi Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli eksklyuziv iqtisodiy zonasi (EEZ) doirasidagi ikkita Filippin ta’minot kemasini to‘sib qo‘ygan va o‘qqa tutgan.

Filippin Tashqi ishlar vaziri Teodoro Loksinning aytishicha, voqea 16 noyabr kuni Ayungin Shoal (Ikkinchi Tomas Shoal) yaqinida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bu Filippin kemalari harbiy xizmatchilarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan shug‘illangan. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

«Xitoy qirg‘oq qo‘riqlash kemalarining xatti-harakatlari noqonuniy. Xitoy bu hududlarda va uning atrofida «xo‘jayinchilik» qilish huquqiga ega emas. Ular xalqaro huquqni hurmat qilishlari va orqaga qaytishlari kerak», — deyiladi Filippin rasmiylari bayonotida.

Pekin butun Janubiy Xitoy dengizini da’vo qilmoqda. Chinliklar sun’iy orollar qurib, qirg‘oq qo‘riqlashi va baliq ovlash kemalari flotini Filippin, Malayziya, Vetnam, Bruney va Tayvan ham da’vo qilayotgan bahsli dengizga joylashtirmoqda.

Sharqiy Osiyo mamlakatlari OAVlari Xitoyning bu harakatlarini «haddan oshish» deb hisoblamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring