Xitoyda baliq yetishtiriladigan ulkan kema qurilmoqda

Xitoyda losos balig‘ini yetishtirishga mo‘ljallangan dunyodagi ilk kema qurilmoqda. Suzuvchi baliqchilik fermasi buyurtmachiga iyun oyida topshiriladi.
Uzunligi 250 metrga yaqin Su Hai №1 kemasi Guanchjoudagi Huangpu Wenchong Shipyard verfida qurilmoqda.
Loyiha qiymati — 600 mln yuan (83,6 mln AQSh dollari atrofida). Kema uchun buyurtma bergan Jiangsu Lianshen Marine Technology kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, suzuvchi fermada yiliga 8 000 tonnagacha losos yetishtiriladi.
An’anaviy dengiz baliqchilik fermalaridan farqi, kema tayfun yoki zarar yetkazuvchi suv o‘tlarining gullash paytida xavfsiz joyga ko‘cha oladi. Bundan tashqari, qayta ishlash uskunalari kemaning o‘zida joylashgan.
Xitoy lososning 80 foizini chetdan keltiradi, 2023-yilda Norvegiya va Chilidan 100 ming tonnadan ortiq losos import qilingan. 2030-yilda import hajmi 200 ming tonnaga yetishi kutilyapti. Sariq dengizda ushbu kemaning faoliyati yo‘lga qo‘yilishidan maqsad ichki talabni qoplashga qaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter