Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Rasmiy bayonot

Yana bir mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi zo‘rlangani aytilmoqda. Rasmiy bayonot

Qashqadaryoda erkak 13 yoshli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini zo‘rlagani va qiz homilador bo‘lgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Oliy sud matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.  

Aytilishicha, jinoyat kodeksining 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi va 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K. T. (1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudida 7 aprel kuni boshlanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi, deyiladi bayonotda.

Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xorazmda ham shunga o‘xshash hodisa sudi 6-aprel kuni yopiq tarzda ko‘rilishi ma’lum qilingandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring