Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalda to‘lov imkoniyatlari kengaymoqda (video)

Yagona portalda to‘lov imkoniyatlari kengaymoqda (video)

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) 85 turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron tarzda amalga oshirish mumkin.

Qayd etilishicha, endilikda budjet va kommunal, internet-provayderlar, mobil operatorlar, televideniye va onlayn translyasiya, xayriya, transport, havo va temir yo‘l chiptalari, sug‘urta va ta’lim singari xizmatlar to‘lovi uchun tegishli tashkilotlarga borish va navbat kutish shart emas. 

Yagona portal orqali elektron xizmatlarga to‘lov qilish uchun dastlab «To‘lovlar» sahifasidan to‘lov turi tanlanadi. Shu bilan birga tegishli bandlarga bir marotaba shaxsiy karta raqami hamda uning amal qilish muddati kiritiladi. So‘ngra to‘lov jarayoni davom ettiriladi.

Elektron ko‘rinishdagi to‘lov qog‘ozi «To‘lovlar tarixi» bo‘limida saqlanadi.

Elektron hukumat markazi ijodiy jamoasi ushbu jarayon bilan batafsil tanishish imkonini beruvchi videoqo‘llanmani taqdim etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring