My.gov.uz portali server qurilmalari ko‘chirilishi e’lon qilindi
21 – 24 mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ko‘chirish bo‘yicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi. Bu haqda portalning rasmiy kanalida e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.
«Sizga bayram kunlarini maroqli o‘tkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz! Qo‘shimcha savollar bo‘lsa, 1242 raqamiga murojaat qiling», deyiladi e’londa.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter