Endi bojxona deklaratsiyalarini yagona davlat portali orqali taqdim etish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish imkonini beruvchi xizmatni taqdim etadi.
Xizmat o‘zida bojxona postida rasmiylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyalarini (BYuD) yoki bojxona qiymatiga tuzatishlar (BQT) kiritish shakllarini Yagona portal orqali ERI bilan tasdiqlagan holda elektron taqdim etish imkoniyatini mujassamlashtirgan.
Ushbu xizmatdan Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatiga ega yuridik shaxslar foydalanishlari mumkin.
Bu qanday ishlaydi?
1.«Eslatma» bilan tanishganlik haqida ma’lumot.
2.Arizachining ma’lumotlarini to‘ldirish.
3.Formani to‘ldirish va zaruriy hujjatni yuklash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter